Energetika vazirligi 8-yilda 24 mingta transformator va 76 ming kilometr tarmoq yangilanganini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 2017-2025-yillar davomida respublika boʻylab 76 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 24 mingta transformator yangilangan.
“Ushbu koʻrsatkich mustaqillikning ilk yillarida bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan bir necha barobar yuqori boʻlib, sohadagi islohotlar izchil va tizimli asosda olib borilayotganini koʻrsatadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Bildirilishicha, 2030-yilgacha boʻlgan davrda ham elektr tarmoqlarini yanada takomillashtirish va modernizatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.
Unga koʻra, qariyb 10 ming kilometr yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 53 ta yirik podstansiya qurilishi rejalashtirilgan. Natijada texnik yoʻqotishlarni 5-6 foizgacha qisqartiriladi.