Energetika vazirligining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari belgilandi

Qonun bilan “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi ekanligi belgilangan.

Shuningdek, Energetika vazirligi oʻz vakolatlari doirasida vakolatli davlat organi bilan birgalikda atom elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini hisobga olgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning balansini ishlab chiqadi, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.