Parlament yuqori palatasi rahbari Tanzila Narbayeva hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi taşabbusi bilan taşkil etilgan uçraşuvda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 350 nafar yoş ekofaol iştirok etdi. Hududlardagi studiyalar orqali esa yana 300 nafardan ortiq yoşlar öz fikr va takliflari bilan qatnaşdi.
Oçiq muloqotda Senat Raisi mamlakatimizda yoşlarning ekologik bilimini oşiriş, tabiatni asraşga qaratilgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz yuritdi. Joriy yilning 25-mart kuni qabul qilingan Prezident qarori asosida yölga qöyilgan “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi ekologik taʼlim va tarbiyani rivojlantiriş, yoşlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini namoyon etişi uçun yangi imkoniyatlar oçayotgani taʼkidlandi.
Ekologik madaniyatni şakllantiriş oiladan boşlanib, mahalla va maktabda davom etişi kerakligi qayd etildi. Suvni tejaş, daraxtlarni parvarişlaş, atrof muhitni toza saqlaş kabi oddiy amallar kundalik hayot tarziga aylanişi tabiatga masʼuliyatli munosabatni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
Yoşlarning ekologik taʼlim, startaplar va jamoatçilik nazoratidagi iştirokini kengaytiriş, ularning ğoya va takliflarini amaliy loyihalarga aylantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Yoş ekofaollar yil davomida amalga oşirgan işlari, ekologik loyihalari hamda COP31 iqlim konferensiyasida iştirok etiş tajribasi bilan örtoqlaşdi.
Muloqotning yana bir muhim qismi Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidagi 37-sonli maktab öquvçilari bilan taşkil etilgan telemost böldi. Unda maktab jamoasining xalqaro Eco-Schools dasturidagi iştiroki va erişgan natijalari namoyiş etildi. Telemost davomida öquvçilar maktab hududida xalqaro dasturning eng yuqori eʼtirofi hisoblangan “Yaşil bayroq”ni kötariş marosimida iştirok etdi.