Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi va “Yuksaliş” harakati hamkorlikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan örnatilgan quyoş panellaridan samarali foydalaniş hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş masalalariga bağişlangan jamoatçilik eşituvi ötkazdi.
Tadbirda mamlakatimizning 13 ta hududidagi 26 ta tuman va şaharlarda aholi xonadonlari, tadbirkorlik subyektlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida ötkazilgan jamoatçilik monitoringi natijalari atrofliça muhokama qilindi.
Senatorlar quyoş energetikasini rivojlantiriş energetika xavfsizligini taʼminlaş, elektr energiyasiga bölgan talabni qondiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş kölamini kengaytiriş va xususiy investitsiyalarni jalb etişda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidladi.
Monitoring jarayonida quyoş panellarining aksariyati işlayotganini körsatgani bilan birga, tarmoqqa ulaniş va reversiv hisoblagiçlar örnatişdagi keçikişlar, tölovlarning öz vaqtida amalga oşirilmasligi, texnik xizmat körsatişdagi kamçiliklar kabi muammolar ham aniqlangan. Bundan taşqari, ayrim obyektlarda qurilmalarning haqiqiy ehtiyoj va energiya isteʼmolini, şuningdek, moliyaviy rağbat yetarli darajada bölmaganini hisobga olmasdan örnatilgan.
Muhokamada senatorlar aniqlangan muammolarni bartaraf etiş, elektr tarmoqlari infratuzilmasini yaxşilaş, tölov intizomini taʼminlaş, qurilmalarga texnik xizmat körsatiş tizimini takomillaştiriş, imtiyozli kredit va soliq rağbatlarini kengaytiriş böyiça tavsiyalar berdi. Tadbirkorlarning quyoş panellarini töğri tanlaş, örnatiş va ulardan samarali foydalaniş borasidagi masʼuliyatini oşiriş zarurligi ham alohida taʼkidlandi.
Jamoatçilik eşituvi yakunida masʼul vazirlik va idoralarning aniqlangan muammolarni bartaraf etiş, tarmoqqa ulaniş va tölovlar jarayonini takomillaştiriş hamda tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş vazifasi belgilandi.