Mazkur tadbirda Özbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi tarkibida Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Anvar Töyçiyev hamda Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi aʼzosi Jamila Bobanazarova iştirok etmoqda.
Yiğilişda global iqlim majburiyatlarini milliy qonunçilikka tatbiq etiş, iqlim özgarişiga qarşi kuraşişda amaliy natijadorlikni taʼminlaş hamda uşbu jarayonda parlamentlarning rolini yanada kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, iqlim siyosatida parlamentlarning masʼuliyati va yetakçilik rolini kuçaytiriş, qabul qilinayotgan qarorlarga nisbatan jamoatçilik işonçini mustahkamlaş, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş hamda milliy qonunçilikni takomillaştiriş şular jumlasidandir.
Senator A. Töyçiyev yiğiliş doirasidagi seminarda qilgan maʼruzasida iqlim özgarişiga qarşi kuraşişda ilm-fan yutuqlaridan foydalaniş, siyosiy qarorlarni ilmiy asosda qabul qiliş va samarali iqlim siyosatini şakllantiriş masalalariga urğu berdi.
Şuningdek, seminarda çiqindilarni kamaytiriş, resurslardan oqilona foydalaniş, “Nol çiqindi” tamoyilini joriy etiş, aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş hamda metan çiqindilarini qisqartiriş böyiça zarur çora-tadbirlar yuzasidan fikr almaşildi.