Özbekiston va Turkmaniston çegarasida yangi köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov, transport vaziri Ilhom Mahkamov, Avtomobil yöllari qömitasi raisi Jamşid Tursunov hamda “Özsuvtaʼminot” AJ boşqaruvi raisi Ahmad Suvonqulov Özbekiston-Turkmaniston davlat çegarasida joylaşgan “Olot” çegara bojxona postiga borib, uning faoliyati va mavjud infratuzilma imkoniyatlari bilan tanişdi.
Uçraşuvda postning ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş, çegara orqali transport vositalarining uzluksiz harakatini taʼminlaş, yuk taşiş jarayonlarini yanada soddalaştiriş hamda logistika infratuzilmasini rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
“Mazkur post orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari oqimi yil sayin ortib bormoqda. Xususan, joriy yilning 10 oyida post orqali 243 mingdan ziyod transport vositasi harakatlangan. Bu körsatkiç 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 barobarga oşganini anglatadi. Ayni paytda sutkasiga 1200 tagaça avtotransport vositasi uşbu post orqali kirib-çiqmoqda.
Mazkur ösiş surʼatlari post infratuzilmasini zamon talablari asosida takomillaştiriş, mavjud taşkiliy mexanizmlarni qayta körib çiqiş va transport oqimini samarali boşqarişni taqozo etmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Örganiş jarayonida postning ötkazuvçanlik qobiliyatini oşirişga qaratilgan bir qator takliflar ilgari surildi.
Xususan, pandemiya davrida qöşni tomon taşabbusi bilan joriy etilgan tirkamalarni qayta ulaş amaliyotidan voz keçiş va xalqaro yuk taşişning anʼanaviy tizimiga qaytiş masalasi muhokama qilindi. Mazkur tartibning bekor qilinişi çegaradagi ortiqça nazorat jarayonlarini qisqartiriş va transport vositalari harakatini tezlaştiriş imkonini beradi.
Şuningdek, ikki davlatning neytral hududlarini boğlab turuvçi “Yomonjar” kanali orqali ötgan, 1978-yilda qurilgan va bugungi kunda texnik jihatdan eskirgan köprik örniga yuqori ötkazuvçanlik qobiliyatiga ega yangi, zamonaviy va keng köprik quriş taklifi ham körib çiqildi.
Loyihaga köra, yangi köprikda yuk avtomobillari harakati uçun har bir yönalişda kamida ikkitadan qatnov yölagi bölişi nazarda tutilmoqda. Bu yuk taşiş jarayonini tezlaştiriş, çegara hududidagi tirbandliklarni kamaytiriş, şuningdek, piyodalar va yengil avtomobillar harakati uçun qulay şaroit yaratiş imkonini beradi.
Ilgari surilgan taşabbuslar tegişli idoralar tomonidan örganilib, ularning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqiladi. Şundan söng takliflar yuqori darajada körib çiqiş uçun kiritiladi.