Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda piyoz narxi oşgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi bu holatga izoh berib, mamlakatda joriy yilda yetiştirilgan piyoz hajmi içki isteʼmol talabidan 35 foizga köp bölişini maʼlum qildi.
Vazirlik maʼlumotiga köra, 2026-yilda respublika böyiça 1,5 million tonna piyoz yetiştiriş rejalaştirilgan. Bu aholining tibbiy meʼyorlar asosidagi isteʼmol talabidan 400 ming tonnaga köp. Xususan, Surxondaryo viloyatida yilning dastlabki 9 oyida 387,1 ming tonna piyoz yetiştirilgan. Uning 120 ming tonnasi içki isteʼmolga yönaltirilgan, 46 ming tonnasi eksport qilingan, qolgan qismi esa mamlakatning boşqa hududlariga yetkazib berilgan.
Vazirlikning tuşuntirişiça, Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim şaroiti piyozni asosan erta muddatlarda, yaʼni aprel–may oylarida yetiştirişga moslaşgan. Yozdagi yuqori harorat taʼsiri sababli kuzda pişib yetiladigan keçki piyoz esa katta maydonlarda kam ekiladi. Şu bois 2026-yil hosili uçun yetiştirilgan piyoz dalalarda qolmagan va viloyat bozorlaridagi talabni qondiriş uçun mahsulot Jizzax hamda Samarqand viloyatlaridan olib kelinmoqda.
Ayni paytda Jizzax viloyatida piyozning 1 kilogrammi dehqonlardan 2 600–3 300 sömdan, Samarqand viloyatida esa 2 800–3 000 sömdan xarid qilinmoqda. Transport xarajatlari qöşilganda mahsulotning yetkazib beriş tannarxi Jizzaxdan keltirilganda 2 950–3 650 sömni, Samarqanddan keltirilganda 3 150–3 350 sömni taşkil etmoqda. Denov tumanigaça yetkazişda esa bu körsatkiç 3 400–3 500 sömga yetadi. Bunda bir kilogramm yukni taşiş xarajati 350–370 sömni taşkil qilmoqda.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning çakana narxi 4 000–4 500 söm atrofida şakllangan. Vazirlik tahliliga köra, ayrim hollarda mahsulotning xarid va yetkazib beriş tannarxi bilan sotuv narxi örtasidagi farq 350 sömdan 1 550 sömgaça, yaʼni tannarxga nisbatan 9,6–52,5 foizni taşkil etmoqda. Bunga olib-sotar tadbirkorlarning 25–50 foizga yetayotgan savdo marjasi ham taʼsir qilmoqda.
Şuningdek, vazirlik maʼlumotida piyoz narxiga mavsumiylik, boşqa hududlardan mahsulot taşiş xarajatlari, yoqilği-moylaş materiallari va transport-logistika xizmatlari qiymati ham taʼsir körsatayotgani qayd etilgan. Tahlillarga köra, 2025-yil noyabridan 2026-yil oktyabrigaça respublika böyiça piyozning örtaça çakana narxi 1 kilogramm uçun 2 552 sömni taşkil etgan.
Vazirlik, şuningdek, 2026–2027-yillar qiş-bahor mavsumi uçun respublika böyiça 102,8 ming tonna piyoz zaxiraga jamğarilayotganini maʼlum qildi. Şundan 2 750 tonnasi Surxondaryo viloyati hissasiga töğri keladi. Zaxiradagi mahsulotlarni içki bozorga intervensiya qiliş va maxsus savdo rastalari orqali arzonlaştirilgan narxlarda sotiş imkoniyatlari ham mavjud.
Qişloq xöjaligi vazirligi piyoz narxini sunʼiy ravişda oşiriş maqsadida mahsulotni bozorga çiqarmasdan saqlab turiş iqtisodiy jihatdan özini oqlamasligini taʼkidladi. Çunki uzoq saqlaş jarayonida piyoz vaznini yöqotişi va sifati buzilişi mumkin. Vazirlik içki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlaş hamda aholi ehtiyojlarini qondiriş çoralari körilayotganini bildirgan.