11
11

Özbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakçilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etdi

Tadbirda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II, Ozarbayjon va Qirğizistonning yuqori darajali vakillari hamda boşqa xorijiy mehmonlar ham qatnaşdi.

Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş, şuningdek, raqamli texnologiyalarning rivojlanişi bilan boğliq yangi xatar va tahdidlar masalalari körib çiqildi.

Davlatlar örtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytiriş, tajriba almaşiş, ayniqsa, yoşlar orasida radikallaşuvning oldini oliş mexanizmlarini takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezidentimiz öz nutqida xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar kuçayib borayotgan bugungi şaroitda Aqaba jarayonining ahamiyatini yuksak baholadi.

Sunʼiy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanişi insoniyat uçun ulkan imkoniyatlar yaratiş bilan birga, yangi tahdidlarni ham yuzaga keltirayotgani qayd etildi. Şu munosabat bilan sifatli taʼlim va inson salohiyatini töla röyobga çiqariş uçun şaroit yaratiş xavfsizlikning muhim poydevori ekani taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari maʼrifat va ilmga intilişdek gumanistik anʼanalarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan uyğunlaştiriş maqsadida “Inson manfaatlari yölida raqamli taraqqiyot” taşabbusini ilgari surdi. Uning asosiy maqsadi sunʼiy intellekt salohiyatini bilimlarni keng tarqatiş, özaro işonç muhitini mustahkamlaş va şaxs kamoloti uçun yangi imkoniyatlar yaratişga yönaltirişdan iborat.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Sunʼiy intellektni boşqariş masalalari böyiça global muloqoti qöllab-quvvatlandi.

Global saʼy-harakatlarga amaliy hissa qöşiş maqsadida Özbekistonda BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini oçişga tayyorlik bildirildi. Uşbu ofis Markaziy Osiyo mamlakatlariga terrorçilik mazmunidagi materiallar haqida ogohlantiriş kanallarini işga tuşiriş va ularning faoliyatini taʼminlaş, terrorizmni moliyalaştiriş holatlarini aniqlaş, mutaxassislar malakasini oşiriş hamda bu jarayonlarda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş böyiça amaliy kömak körsatadi.

Şuningdek, Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida “Raqamli davrda jaholatga qarşi maʼrifat” xalqaro dasturini yölga qöyiş taklif etildi. Uning asosiy vazifalari köp tilli axborot resurslarini yaratiş, diniy arboblarni axborot muhitida faoliyat yuritişga tayyorlaş, islom dinining insonparvarlik qadriyatlarini tarğib etayotgan yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaşdan iborat böladi.

Davlatimiz rahbari sözining yakunida sunʼiy intellektning kelajagi nafaqat texnologik taraqqiyotga, balki undan qanday maqsadlarda foydalanişga ham boğliq ekanini taʼkidladi. Şu bois yangi texnologiyalarni tahdidlar manbaiga emas, balki tinçlik, xavfsizlik va inson taraqqiyotini taʼminlaşning qudratli vositasiga aylantiriş umumiy intiliş bölişi lozimligi qayd etildi.