Prognozlarga köra, bugun kunduzi havo asosan yoğingarçiliksiz böladi. Faqat şimoliy hududlarda, şuningdek, kunning ikkinçi yarmida Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomğir yoğişi mumkin.
Dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomğir yoğişi mumkin.
6–8-noyabr kunlari havo harorati asosan 14–17 daraja iliqni taşkil etadi. Kunduzi havo 25–27 darajagaça, janubiy hududlarda esa 30 darajagaça isiydi.
Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. 6 va 8-noyabr kunlari ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi, baʼzi hududlarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Özbekistonning toğ oldi va toğli hududlarida ayrim joylarda yomğir yoğadi. 6-noyabr kuni baʼzi joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi, baland toğli hududlarda esa qorga aylanişi mumkin.
Toşkent şahrida 6-noyabr kuni keçqurun yomğir yoğişi mumkin. 7–8-noyabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi.
Şamol şarqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati keçalari 13–15 daraja, kunduzi esa 24–27 daraja iliq böladi.