31-oktyabr kuni soat 18:00 holatiga köra, Toşkent şahri atmosfera havosidagi PM10 va PM2,5-mayda dispersli zarraçalar miqdori belgilangan meʼyordan oşdi. Bu haqda «Özgidromet» xabar berdi.

Atmosfera havosi ifloslanişini monitoring qiliş avtomatik stansiyalari maʼlumotlariga köra, PM10 zarraçalari miqdori 142 mkg/m³ ni taşkil etgan. Bu ruxsat etilgan meʼyordan (75 mkg/m³) 1,89 baravar yuqori.
Şuningdek, PM2,5 zarraçalari miqdori 78 mkg/m³ ga yetgan. Bu körsatkiç ham belgilangan meʼyordan (60 mkg/m³) 1,3 baravar oşgan.