11
11

Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti iştirokçilariga

Hurmatli forum iştirokçilari!

Sizlarni Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotining oçilişi bilan samimiy qutlayman.

Avvalo, Özbekistonning taşabbusini qöllab-quvvatlaganingiz va mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratayotgan eʼtiboringiz uçun minnatdorlik bildiraman.

Bugungi tadbirda ŞHTga aʼzo davlatlar, kuzatuvçi va muloqot böyiça şerik mamlakatlarning maxsus xizmatlari rahbarlari va vakillari iştirok etayotgani zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşişda saʼy-harakatlarni birlaştiriş borasidagi umumiy manfaatdorlikdan dalolat beradi.

Bu yil Şanxay hamkorlik taşkiloti taşkil etilganining 25 yilligini nişonlamoqda. Çorak asrlik şakllaniş va rivojlaniş jarayonida taşkilot xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaş böyiça qöşma yondaşuvlarni işlab çiqişda samarali maydonga aylandi.

Özbekiston Şanxay hamkorlik taşkilotining hammuassisi bölgan davlat sifatida uning barqarorlikni saqlaş va inklyuziv taraqqiyotni taʼminlaş maqsadida aʼzo davlatlarni birlaştiruvçi köptomonlama noyob platforma sifatidagi rolini yanada kuçaytiriş va faoliyatini kengaytirişga alohida ahamiyat beradi.

Aziz mehmonlar!

Hozirgi kunda geosiyosiy keskinlikning kuçayişi, qarama-qarşiliklarning çuqurlaşişi va qurolli mojarolarning avj olişi, afsuski, dunyodagi vaziyatning asosiy xususiyatlari bölib qolmoqda.

Axborot xavfsizligini taʼminlaş, muhim infratuzilmalarni himoya qiliş va davlatning buzğunçi taʼsirlarning yangiça şakllariga nisbatan barqarorligi masalalari yanada dolzarb bölib bormoqda.

Bugun biz transmilliy tahdidlarning tabiati çuqur özgarib borayotganiga guvoh bölmoqdamiz.

Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va global kommunikatsiya vositalarining şiddat bilan rivojlanişi nafaqat taraqqiyot uçun keng imkoniyatlar oçmoqda, balki mutlaqo yangi muammolarni ham keltirib çiqarmoqda.

Heç bir mubolağasiz aytiş mumkinki, kibermakon anʼanaviy usullar bilan birga tarmoq orqali hujumlar uyuştirilayotgan, jamoatçilik ongini boşqariş va yolğon axborot tarqatiş kabi vositalar tobora faol qöllanayotgan asosiy töqnaşuvlar maydoniga aylandi.

Terrorçi taşkilotlar raqamli muhitdan foydalanayotgani jiddiy taşviş uyğotadi. Internet platformalari radikal ğoyalarni tarğib qiliş, yangi tarafdorlarni öz tomoniga oğdiriş, moliyaviy mablağlar töplaş hamda davlat çegaralarini tan olmaydigan ekstremistik birlaşmalarni şakllantiriş vositasiga aylanib bormoqda.

Bunday şaroitda ayniqsa yoşlar aholining eng zaif toifasi bölib qolmoqda. Buzğunçi kuçlar yoşlar ongiga maqsadli ravişda taʼsir körsatib, ularni öz jamoalariga jalb etmoqda, ijtimoiy ziddiyatlardan foydalanmoqda va toqatsizlik ğoyalarini tarqatmoqda.

Bunday jarayonlar millatlararo va dinlararo totuvlikka putur yetkazişi, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlaştirişga olib kelişi mumkin.

Şu bois yuzaga kelayotgan mojarolarga nafaqat tezkor munosabat bildiriş, balki xavf-xatarlarning oldini oliş – ularni aniqlaş, özaro axborot almaşiş, xavfsizlikni taʼminlaş borasida milliy salohiyatni mustahkamlaş va özaro kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqiş lozim.

Işonçimiz komil, heç bir davlat çegara bilmaydigan tahdidlarga yakka özi töliq qarşi tura olmaydi. Bu esa, tabiiy ravişda, xalqaro hamkorlik, özaro işonç va birgalikda iş olib borişning amaliy mexanizmlariga bölgan talabni kuçaytiradi.

Qadrli döstlar!

Taşkilot uçun muhim ahamiyatga ega bölgan uşbu yilda sizlarga murojaat qilib, taʼkidlamoqçimanki, ŞHTning yangi tahdidlarga öz vaqtida javob beriş va yanada barqaror dunyoni şakllantirişda samarali iştirok etişga qodir bölişi köp jihatdan maxsus xizmatlarning yaqin hamkorlikda iş olib borişiga boğliq.

Bugungi muloqot sizlarga nafaqat dolzarb tahdid va xavf-xatarlarni har tomonlama muhokama qiliş, balki xalqlarimizning xavfsizligi va davlatlarimizning barqaror taraqqiyotini taʼminlaşga qaratilgan hamkorlikning amaliy yönalişlarini belgilab oliş imkonini beradi, deb işonaman.

Forumning barça iştirokçilariga samarali faoliyat olib borişlari va Özbekistondagi uçraşuvlari mazmunli ötişini tilayman.

 

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti