7–8-noyabr kunlari Samarqand şahrida ötkaziladigan «Samarkand Marathon» xalqaro xayriya marafoni munosabati bilan şaharning ayrim köçalarida avtotransport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Harakat çeklovlari quyidagi köçalarga taalluqli:
- Dahbed;
- Şohi Zinda;
- Ibn Sino;
- Rudakiy;
- Böstonsaroy;
- Registon;
- Universitet xiyoboni;
- Usto Umar Jöraqulov.
Şuningdek, mazkur köçalar orqali harakatlanuvçi jamoat transporti yönalişlariga ham vaqtinçalik özgartirişlar kiritiladi.
Maʼlumot uçun, «Samarkand Marathon» xalqaro musobaqasi World Athletics taşkilotining Elite Label maqomiga sazovor bölgan. Bu musobaqa xalqaro yengil atletika federatsiyasi talablari asosida ötkazilişini anglatadi. Taşkilotçilar maʼlumotiga köra, 2026-yilgi marafonda 72 ta davlatdan kelgan iştirokçilar qatnaşişi kutilmoqda.
Marafonning 42,2 kilometrlik asosiy masofasida professional atletlar ham iştirok etadi. 8-noyabr kuni Registon maydoni yaqinidagi poygaga esa tört karra Olimpiya çempioni, britaniyalik Mo Fara start beradi. U 5000 va 10 000 metrga yuguriş böyiça bir neça bor jahon va Yevropa çempioni bölgan.