Özbekistonning Kuvaytdagi elçixonasi taşabbusi bilan Qoraqalpoğistonda kuvaytlik mutaxassislar iştirokida xayriya tibbiyot missiyasi taşkil etildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Missiya «Al-Amal» tibbiyot guruhi va «Şayx Abdulla an-Nuri» jamiyati mutaxassislari iştirokida ötkazildi. Unda 36 nafar şifokor 317 nafardan ortiq bemorni bepul körikdan ötkazib, 187 ta murakkab jarrohlik amaliyotini bajardi.
Tibbiy yordam kardiologiya, onkologiya, ginekologiya, plastik jarrohlik, oftalmologiya, ortopediya va umumiy jarrohlik kabi yetti yönaliş böyiça körsatildi.
Loyihaning umumiy qiymati 4,2 million dollarni taşkil etdi. Uning 3,9 million dollari tibbiy xizmatlarga, 300 ming dollari esa zarur jihozlar va sarflaş materiallariga yönaltirildi.
Mazkur xayriya dasturi ikkinçi bor ötkazilmoqda. Uning birinçi bosqiçi 2025-yil 29-aprel — 5-may kunlari Nukus şahrida taşkil etilgan bölib, öşanda 420 nafar bemorga bepul tibbiy yordam körsatilgan va 36 ta jarrohlik amaliyoti bajarilgan.
Taşrif davomida Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşida uçraşuvlar ötkazildi. Ularda Kegeyli, Qonliköl va Törtköl tumanlarida nogironligi bölgan bolalar uçun ambulator reabilitatsiya markazlarini taşkil etiş loyihalari muhokama qilindi.