Qoraqalpogʻistonni kambagʻallikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi

Yigʻilishda Qoraqalpogʻistonni kambagʻallikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qoraqalpogʻistondagi 2 ming tadbirkor uch yilda 2 trillion 145 milliard soʻm kreditni vaqtida qaytarib, banklarning ishonchli mijoziga aylangan. “Mijozni oʻstirish” modeli asosida yana kamida 30-40 ming odamni ishli va daromadli qilish imkoniyati bor.

Hududga masʼul bank ishonchli mijozlar uchun 16 foiz stavkada 300 milliard soʻmlik kredit liniyasini ochmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 4 foizlik qismini qoplab berishi hisobiga tadbirkor uchun stavka 12 foizga tushadi.

Qolgan 8 ta bankka ham bir oyda shunday qulay mahsulotlarni ishlab chiqish topshirildi.