Koʻpchilikning mehrini qozongan ushbu video Prezident Shavkat Mirziyoyevning ham eʼtiboridan chetda qolmadi. Davlat rahbari bolakayning videomurojaatini koʻrib, unga minnatdorlik maktubi va sovgʻalar yoʻlladi.
“Sen ham ulgʻayganingda ajdodlarimizga munosib, el-yurtiga foydasi tegadigan inson boʻlishingni istayman”, — deyiladi Prezidentning Muhammad Aliyga yoʻllagan maktubida.
Bugun ushbu maktub va sovgʻalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida Muhammad Aliyga tantanali ravishda topshirildi. Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amanbay Orinbayev Prezidentning maktubini oʻqib eshittirdi.
Shuningdek, Muhammad Aliyning ota-onasi va u tarbiyalanayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga ham Prezident sovgʻalari topshirildi.
Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparova esa Joʻqorgʻi Kenges Prezidiumi qarori bilan “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Muhammad Aliyning bolalarcha samimiy orzusi Prezidentgacha yetib bordi va javobsiz qolmadi. Davlat rahbaridan kelgan maktub va sovgʻalar esa bolakay uchun bir umr unutilmaydigan voqeaga aylandi.