Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpogʻistonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini taʼminlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Qoraqalpogʻistonni kompleks rivojlantirish boʻyicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkaziladi.