11
11

ŞINJON RASSOMLAR NIGOHIDA

Xitoy, Rossiya, Qozoğiston va Özbekistondan 20 nafardan ortiq rassom Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayonidagi Şaya uyezdida taşkil etilgan qoşma plenerda iştirok etdi. Ular töranği terakzorlari bilan tanişib, kuz manzaralarini aks ettiruvçi etyudlar yaratdi. Ayrim iştirokçilar uçun bu safar hudud bilan ilk tanişuv böldi.

TABIAT HEÇ QANDAY FILTRLARSIZ

“Şinjonga kelişimdan oldin internetda bu yerdagi tabiat manzaralarining suratlarini körib, ular maxsus dasturlar yordamida işlangan deb öylagandim. Ammo bu yerga kelgaç, tabiat haqiqatdan ham şunçalik gözal ekaniga, suratlarni heç qanday qayta işlaşga hojat yöqligiga işonç hosil qildim. Bir neça kun davomida töranği teraklari tasvirlangan köplab manzara asarlarini yaratdim”, — dedi özbekistonlik rassom Azizbek Teşabayev.

İştirokçilarning taassurotlari köp jihatdan bir-biriga öxşaş böldi. Ularni daraxtlarning balandligi, bepoyon kengliklar va mahalliy tabiat manzaralarining ulkan kölami hayratga soldi. Şu bilan birga, har bir rassom Şinjon tabiatini öziça talqin qildi.

Rossiyalik rassom Svetlana Jigalova avval Pekin va Guançjou şaharlarida bölgan, biroq Şinjonga ilk bor kelgan. Uning aytişiça, bu qadar baland daraxtlar va bepoyon oçiq hududlarni körishni kutmagan. Rassom yaqin kunlarda ham tabiat manzaralari ustida işlaşni davom ettirişni rejalashtirmoqda.

Qozoğistonlik rassom Guljamal Taginova yoş hamkasblar bilan birgalikda işlaş özaro tajriba almaşiş uçun yaxshi imkoniyat yaratishini ta’kidladi. Şinjonning töranği teraklarini ilk bor körgan rassom ularni tasvirlovçi yangi kartinalar yaratişga qaror qildi.

BIR MANZARA — TURLIÇA NIGOHLAR

Şaya uyezdidagi safar davomida rassomlar bir qança tabiiy diqqatga sazovor joylarga taşrif buyurdi. Ular “daraxtlar podşohi” sifatida tani­lgan ming yillik töranği teragi yonida etyudlar işladi. Şayançjou örmonida esa Tarim daryosi böylab joylaşib, daryo sohilida va suv içida ösayotgan daraxtlarni tasvirladi. Ayrim iştirokçilar yonma-yon işlab, tasviriy san’at usullari haqida fikr almaşdi.

Har bir rassom mavzu va kompozitsiya tanlaşda öziga xos yondaşuvni namoyon etdi.

Azizbek Teşabayev öz asarlarida atrofdagi kenglik va manzaralarning kölamini aks ettirişga intilganini ta’kidladi. Uning kartinalarida daraxtzorlar bilan bir qatorda yoğoç yölaklar va egri-bugri yöllar ham tasvirlangan. Rassom bu unsurlar yordamida perspektivani yaratib, manzaraning çuqurligini körsatişga harakat qilgan.

“Menimça, töranği teraklarining ham öziga xos turli xarakterlari bor”, — dedi qozoğistonlik rassom Viktoriya Tsoy. U rasm çizişni boşlaşdan oldin örmonni bir neça bor aylanib, tasvirlamoqçi bölgan daraxtini tanlagan.

Rossiyalik rassom Mariya Viniçenko esa mahalliy tabiat manzaralaridagi yoruğlik va muhitga alohida e’tibor qaratdi.

“Şinjonning töranği terakzorlari havosi va quyoş nuri özgaça. Ayniqsa, köllar böyida, bevosita suv içida ösayotgan daraxtlar menga juda yoqadi. Öz asarlarimda bu manzaralarni tomоşa qilganda paydo böladigan xotirjamlik hissini aks ettirmoqçiman”, — dedi u.

Boşqa iştirokçilar baland va tik tanali daraxtlarni tanlab, öz kompozitsiyalarini ular atrofida yaratdi. Ayrim rassomlar esa köz bilan körgan tabiat manzaralarini gözallik haqidagi şaxsiy badiiy tasavvurlari bilan uyğunlaş­tirişga intildi.

SAN’ATDAN TAŞQARIDAGI TANIŞUV

Plener davomida turli mamlakatlardan kelgan rassomlar birgalikda ijod qildi, suhbatlaşdi va boş vaqtlarini birga ötkazdi. Safar ular uçun yangi hamkasblar bilan tanişiş va kasbiy tajriba almaşiş imkoniyatiga aylandi.

Plenerning ikkinçi kuni oqşomida iştirokçilar qozoğistonlik rassom Guljamal Taginova hamda mahalliy rassom Anvarjon Toxtining tuğilgan kunlarini nişonladi. Xitoylik va xorijlik 20 nafardan ortiq rassom tuğilgan kun egalarini tabriklaş uçun jam böldi. Ular qoşiq kuylab, bayram tortini kesdi.

Guljamal Taginovaning aytişiça, u ilk bor tuğilgan kunini xorijda nişonlagan va bu safar uning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Rossiyalik rassom Svetlana Jigalova plener davomida xitoylik hamkasblari bilan badiiy körgazmalar taşkil etiş va turli mamlakatlarda rassomlar faoliyatining öziga xos jihatlari haqida suhbatlaşdi.

“Meni nafaqat kartinada nimalar tasvirlangani, balki Şinjon rassomlarini öz asarlarini yaratişga nimalar ilhomlantirişi ham qiziqtiradi. Ularning ijod namunalari orqali bu hududni başqa bir nigoh bilan kördim. Mahalliy rassomlarning ayrimlari men kabi tasviriy san’atdan dars beradi. Şu sababli mamlakatlarimizdagi badiiy ta’lim tizimining farqli jihatlarini ham muhokama qildik”, — dedi u.

Şinjonlik rassomlar mehmonlarga öz hududlari haqida sö­zlab berib, ularni yana taşrif buyurişga taklif qildi. İştirokçilar tasviriy san’at umumiy til mavjud bölmagan şaroitda ham muloqot qiliş va özaro tajriba almaşişga yordam berişini ta’kidladi.

Plener yakunlangаç, safar davomida yaratilgan kartinalar qoşma körgazmada namoyiş etiladi. Ayrim rassomlar öz yurtlariga qaytgandan keyin ham töranği teraklari tasvirlangan manzaralar ustida işlaşni davom ettirmoqçi. Boşqa iştirokçilar esa Şinjonda yana uçraşişga kelişib oldi.