15-Qashg‘ar yarmarkasi: Buyuk ipak yo‘lida savdo va hamkorlikning yangicha ko‘rinishi

Bu yilgi tadbirda dunyoning 40 mamlakatidan kelgan 181 ta xorijiy korxona va 1120 ta mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda

Qashg'ar
Qashg'ar

Joriy yilning 15 avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasining Qashg‘ar shahridagi ko‘rgazmalar markazida “Qashg‘ar yarmarkasi” nomi bilan tanilgan 15-Qashg‘ar Markaziy va Janubiy Osiyo savdo yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Tadbirning ochilish marosimida yarmarka Xitoy, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari, Yaqin Sharq va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishning asosiy platformasiga aylanib borayotgani qayd etildi.

Foto:Ipaknews.uz


Qayd etish kerak, 2005 yilda tashkil etilganidan beri ushbu yarmarka 56 mamlakat va mintaqadan, shuningdek, o‘n minglab korxonalardan ishtirokchilarni jalb qildi. Yillar davomida tranzaktsiyalarning umumiy hajmi 480 milliard yuandan oshdi. Yarmarka Shinjondagi Yevroosiyo ko‘rgazmasidan keyin ikkinchi yirik tadbir bo‘lib, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini amalga oshirishning muhim qismi sifatida e’tirof etilmoqda.

Foto:Ipaknews.uz


Bu yilgi tadbirda dunyoning 40 mamlakatidan kelgan 181 ta xorijiy korxona va 1120 ta mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda.

Tadbir “O‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro yordam va o‘zaro manfaat – birgalikda muhokama qilish, birgalikda qurish va birgalikda foydalanish” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Faxriy mehmon davlatlar Pokiston va Qirg‘iziston ekani qayd etildi.

Foto:Ipaknews.uz


Ko‘rgazma maydoni 40 000 kvadrat metrni tashkil etadi va investitsiyaviy hamkorlik, xalqaro savdo va ichki savdo asosiy zonalariga bo‘lingan.

Ekspozitsiya raqamli texnologiyalar, aerokosmik axborot, yangi energiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik, madaniy turizm, qurilish materiallari va avtomobilsozlik kabi yettita tematik yo‘nalishni qamrab oladi.

Ishtirokchilar tomonidan e’tirof etilganidek, 15-Qashg‘ar yarmarkasi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro savdoni rivojlantirishda o‘z o‘rnini yana bir bor namoyish etdi.