11
11

Kelasi haftada havo harorati pasayishda davom etadi

“Oʻzgidromet” 29-sentyabrdan 2-oktyabrgacha kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan esib, keyinchalik yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 21–26 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 30-sentyabrda, shuningdek, 1-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, boshqa kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan esib, keyinchalik gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–27 daraja boʻladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 30-sentyabrda, shuningdek, 1-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan esib, keyinchalik gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 20–25 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 30-sentyabrda, shuningdek, 1-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan esib, keyinchalik gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 29-sentyabrda kechasi 9–14 daraja, 30-sentyabrdan 2-oktyabrgacha 11–16 daraja, kunduzi 27–32 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 30-sentyabrda, shuningdek, 1-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan esib, keyinchalik gʻarbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 20–25 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik qorga aylanadi. Shamol sharqdan esib, keyinchalik gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja boʻladi.