“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Nuriddin Ismoilov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.
Tashrif dasturiga muvofiq 23-avgust kuni Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va hududlar oʻrtasidagi kooperatsiyani chuqurlashtirish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari diqqat markazida boʻldi.
Ikki Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Muhim loyihalar ishga tushirilib, muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar toʻplami imzolandi.