2026-yil iyul oyida eskrou hisobvaraqlari orqali koʻchmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisi boʻyicha 34 341 ta bitim rasmiylashtirildi. bu haqida Markaziy bank xabar berdi.
Rasmiylashtirilgan bitimlardan 18 306 tasi transport vositalari, 16 035 tasi esa koʻchmas mulk oldi-sotdisi hisobiga toʻgʻri kelgan. Shuningdek, yana 1 096 ta bitim koʻrib chiqish jarayonida ekani qayd etilgan.
Hududlar kesimida eng koʻp bitim Toshkent shahrida rasmiylashtirilgan boʻlib, ularning soni 9 674 tani tashkil etgan. Bu jami bitimlarning 28,1 foiziga teng.
Shuningdek, Fargʻona viloyatida 3 401 ta, Samarqand viloyatida 2 810 ta va Andijon viloyatida 2 567 ta bitim rasmiylashtirilgan.