Oʻzbekistonda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 708 ming nafardan oshdi

2026-yil 1-avgust holatida mamlakat boʻyicha 708 ming 242 nafar fuqaro turli turdagi ijtimoiy nafaqalar bilan taʼminlangan. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, 307 ming 362 nafar fuqaro nogironlik nafaqasini, 164 ming 136 nafar fuqaro esa nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun nafaqa olayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, 98 ming 916 nafarga yoshga doir nafaqa, 68 ming 133 nafarga parvarishlash nafaqasi, 57 ming 835 nafarga boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlangan.

Bundan tashqari, 10 ming 168 nafar yolgʻiz keksalar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaxslarga moddiy yordam ajratilgan. 5 ming 470 nafar fuqaroga uy-joy kommunal xizmatlari haqini toʻlash uchun kompensatsiya, 1 ming 692 nafarga esa oilaviy bolalar uyi va patronat boʻyicha toʻlovlar tayinlangan.

Maʼlumotlarga koʻra, 2026-yil iyul oyida 6 ming 221 nafar fuqaro ijtimoiy nafaqa oluvchilar safiga qoʻshilgan.