Oʻzbekistonning davlat qarzi qariyb 47 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,9 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu maʼlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining saytida taqdim etilgan.

Yuqorida tilga olingan mablagʻlardan 39,7 milliard dollari — davlat tashqi qarzi, 7,2 milliard dollari esa — davlat ichki qarzidir. Davlat qarzining YIMga nisbati 26,6 foizni tashkil qilmoqda.

Xalqaro moliya tashkilotlari kesimida eng koʻp qarz hajmi Jahon bankidan jalb qilingan.

Chorak davomida Oʻzbekistonning davlat qarzi 100 million dollardan koʻproqqa koʻpaygan.