Bugun Prezident Oʻzbekiston terma jamoasini JCHga kuzatish marosimida ishtirok etadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qator muhim tadbirlarda ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Xususan, davlatimiz rahbari “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturining gʻoliblarini mukofotlash hamda Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimlarida qatnashadi.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezidentimiz futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga tantanali kuzatish marosimida ishtirok etadi.