Shu yilning 20-may kuni Toshkent shahrida joylashgan “UzExpoCentre” koʻrgazma majmuasida Markaziy Osiyodagi aqlli qurilish, muhandislik tizimlari va raqamli infratuzilma sohasidagi muhim tadbir — “Intelligent Building Expo Tashkent 2026” xalqaro koʻrgazmasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
“Business Media Central Asia” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur koʻrgazma mintaqada ilk bor oʻtkazilayotgani bilan ahamiyatlidir. Koʻrgazma davomida 8 000 kv.m maydonda Germaniya, Italiya, Turkiya, BAA, Xitoy, Polsha va boshqa 20 dan ortiq davlatlardan 250 ga yaqin kompaniya oʻz yechimlarini namoyish etdi.

.jpg)
.jpg)

.jpg)
Maʼlum qilinishicha, uch kun davomida ushbu koʻrgazmaga 6 000 dan ortiq soha mutaxassislari tashrif buyurishi kutilmoqda. Rasmiy ochilish marosimida “Messe Frankfurt Exhibitions”, “BMCA Uzbekistan”, “Yangi Toshkent” direksiyasi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi vakillari tabrik soʻzlari bilan chiqish qilib, mazkur koʻrgazmaning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdilar.
Marosim doirasida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “BMCA Uzbekistan” va “Messe Frankfurt” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat xalqaro koʻrgazma loyihalarini rivojlantirish va oʻzbek kompaniyalarini global koʻrgazma industriyasiga integratsiya qilishga qaratilgan.
“Intelligent Building Expo Tashkent 2026” xalqaro koʻrgazmasining ikkinchi kuni, 21-may kuni davom ettirilib, undan biznes sessiyalarining davomi, yangi mavzuli bloklar va xalqaro ekspertlar hamda soha vakillari ishtirokidagi jonli muhokamalar oʻrin oldi.

.jpg)


Kunning asosiy voqeasi — professional santexniklar tanlovi boʻlib, unda soha mutaxassislari mahorat, tezlik va montaj sifati boʻyicha ochiq musobaqada qatnashadi. Bu eng yaxshi mutaxassislar ishini jonli koʻrish va real kasbiy kompetensiyalar darajasini baholash uchun noyob imkoniyatdir.
Oʻzbekiston MDH hududidagi eng jadal rivojlanayotgan qurilish bozorlaridan biri boʻlib qolmoqda va “Intelligent Building Expo Tashkent 2026” ishlab chiqaruvchilar, developerlar, integratorlar va soha ekspertlari uchun muhim uchrashuv nuqtasi sifatida oʻzini ishonchli namoyon qilmoqda. Mazkur koʻrgazma bugun, 22-may kuni oʻz nihoyasiga yetadi.