Buxoroda 3,4 magnitudali zilzila qayd etildi

Oʻzbekiston hududida 3,4 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi bugun, 21-may kuni soat 12:29 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 3,4 ga teng, chuqurligi 10 kilometrda qayd etilgan.

Yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 525 kilometr janubiy-gʻarbda, Jondor tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari 40,26 daraja shimoliy kenglik, 63,13 daraja sharqiy uzunlikka teng.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

• Gazli shahrida 2 ball, 31 kilometr.