Oʻzbekistonda 5,3 magnitudali zilzila sodir boʻldi

Oʻzbekiston hududida 5,3 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi bugun, 20-may kuni soat 01:40 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 5,3 ga teng, chuqurligi 10 kilometrda qayd etilgan. Yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 527 kilometr janubiy-gʻarbda, Qorakoʻl tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari 40,27 daraja shimoliy kenglik, 63,1 daraja sharqiy uzunlikka teng.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

• Buxoro viloyatida 3-4 ball, 127 kilometr;

• Navoiy viloyatida 2-3 ball, 194 kilometr.