Oʻzbekistonliklar Qurbon hayitida ketma-ket 5 kun dam oladi

Oʻzbekistonliklar Qurbon hayitida ketma-ket 5 kun dam oladi

Bu yil Qurbon hayiti 27-may — chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladi. Bu tartib Prezidentning 2025-yil 24-dekabrdagi PF–257-son farmonida belgilangan.

Dam olish kunlari quyidagicha:

• 27-may, chorshanba — Qurbon hayiti;

• 28-may, payshanba — qoʻshimcha dam olish kuni;

• 29-may, juma — qoʻshimcha dam olish kuni;

• 30-may, shanba — 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;

• 31-may, yakshanba — odatiy dam olish kuni.

Shu tariqa, may oyida 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar jami 14 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa 10 kun dam oladi.