Osiyo xotin-qizlari II forumi doirasida “Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi va huquqiy kafolatlarini mustahkamlash hamda raqamli muhitda xavfsizligini taʼminlash: barqaror va inklyuziv jamiyatni shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida 4-sessiya boʻlib oʻtdi.
Xalqaro tashkilotlar, davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, parlamentlar va ekspert doiralari vakillari ishtirok etib, xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish va raqamli muhitda xavfsizligini taʼminlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Sessiyada Oʻzbekistonning xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, kibermakondagi tahdidlarga qarshi samarali mexanizmlarni joriy etish borasidagi tajribasi, shuningdek, Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaning ayollarning iqtisodiy imkoniyatlariga taʼsiri, raqamli muhitda gender zoʻravonlikning oldini olish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.