Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yilning 1-may holatiga koʻra, 70,9 mlrd dollargacha koʻpaydi. Bu haqida Markaziy bank hisobotida keltirib oʻtildi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil aprel oyida 1,9 mlrd dollarga oshgan. Xususan, oy davomida oltin narxining 4553,95 dollardan 4625,80 dollargacha oshishining taʼsiri 1,0 mlrd dollarni tashkil etgan.
Jahon bozorida narxlar oshgani fonida oltin zaxirasi qiymati 743,6 million dollarga oshib, 61,6 milliard dollarga yetdi. Valyuta zaxiralari qismi ham 1,15 milliard dollarga koʻpayib, 8,7 milliard dollarni tashkil qilgan. Qimmatli qogʻozlar hajmi ham koʻtarilib, 1,55 mlrd dollarga yetgan.