Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Malayziya Qirolichasi Raja Zarit Sofianing uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv doirasida oliy martabali mehmonga oʻzbek amaliy sanʼati, noyob ijod namunalari, milliy liboslar bilan tanishdi, shuningdek, xalqimizning boy anʼana va urf-odatlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtgan suhbat davomida xonimlar Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi doʻstlikni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.