O‘zbekiston prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili tayinlandi

O‘zbekistonda prezidentning madaniyat masalalari bo‘yicha vakili tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Prezident tomonidan imzolangan farmonga muvofiq, mazkur lavozimga G‘iyosiddin Qutbiddinovich Rejabov tayinlandi.

Ushbu tayinlovga qadar u Prezident Administratsiyasining kreativ iqtisodiyot va turizm departamentida sektor mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlov madaniyat sohasi va kreativ iqtisodiyotni boshqarish tizimidagi kadrlar o‘zgarishlari bilan bog‘liq.