Hisob palatasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari bilan:

Ulugʻbek Mirkamalovich Aripov Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati shoʻba mudiri lavozimidan ozod etildi;

Jamshid Jaxongirovich Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Atabek Valijanovich Allaberganov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Sardor Alisherovich Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati shoʻba mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.