Ichki ishlar vazirining yangi birinchi oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi tayinlandi

Polkovnik Timur Kamalitdinovich Ismailov Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu lavozimda u joriy yilning iyul oyida Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar etib tayinlangan Rustam Joʻrayevning oʻrnini egalladi.

Tayinlovga qadar Ismailov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasini boshqarib kelayotgan edi.