“Toshkent – Xiva – Toshkent” yoʻnalishida yuqori tezlikdagi elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda

“Toshkent – Xiva – Toshkent” yoʻnalishida “Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikdagi elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu haqida Transport vazirligi maʼlumot berdi.

Harakat jadvali:

Toshkent Markaziy vokzali — Xiva

  • Joʻnash: 07:00;

  • Yetib borish: 14:31.

Xiva — Toshkent Markaziy vokzali

  • Joʻnash: 07:20;

  • Yetib kelish: 14:51.

Qatnov kunlari:

  • Toshkent — Xiva: haftaning seshanba, payshanba, shanba kunlari;

  • Xiva — Toshkent: haftaning chorshanba, juma, yakshanba kunlari.

Qatnov boshlanish sanalari:

  • 3-may — Toshkentdan ilk qatnov;

  • 4-may — Xivadan ilk qatnov.

Maʼlumot uchun, chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda “eticket.railway.uz” havolasi orqali xarid qilishingiz mumkin boʻladi.