28 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 28 apreldagi sotuv narxlari eʼlon qilindi.

1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 7 000 soʻmga pasaygan.

Oʻlchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 430 000 soʻm.

10 gram — 18 678 000 soʻm.

20 gram — 37 356 000 soʻm.

50 gram — 93 390 000 soʻm.

100 gram — 186 780 000 soʻm.

Oʻlchovli oltin quymalarni Oʻzbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.

Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal surʼatda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan.Koʻplab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.