Qoʻqonda 64 ta madaniy meros obyektini piyoda aylanadigan 3 ta turizm marshruti ishlab chiqildi

Buning uchun shahardagi madaniy meros obyektlarida faoliyat yuritayotgan davlat idoralarini boshqa joyga koʻchirish zarurligi qayd etildi.

Yil yakunigacha sobiq “Qoʻqon neftgaz parmalash” zavodi hududidagi 4 qavatli binoni taʼmirlab, hokimlik va 17 ta madaniy meros obyektida ishlayotgan idoralarni shu yerga koʻchirishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Soʻx tumani ekoturizm, agro va tibbiy turizm boʻyicha juda katta salohiyatga ega. Asosiysi, soʻxlik tadbirkorlar infratuzilma yaxshilab berilsa, sarmoya kiritib, biznes qilishga tayyor.

Shu bois, Soʻx daryosining Sarikanda, Istiqlol va Rovon mahallalaridan oʻtgan 5 kilometr qismida 130 gektar maydonda yirik turizm kompleksini barpo etish uchun sharoit yaratiladi. Xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, Soʻx tumanini rivojlantirish boʻyicha master reja ishlab chiqish topshirildi.

Umuman, tumanga yangicha qiyofa olib kirish boʻyicha uch yillik katta dastur qabul qilinishi belgilandi.