Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 100 ta korxonada samaradorlikni oshirish boʻyicha ilgʻor dasturlarni joriy qilish topshirildi

Koʻp davlatlar mahsuloti raqobatdosh boʻlishi uchun sanoat va servisda “Kayzen”, “lean priduction” kabi resurs samaradorligi va mehnat unumdorligini oshiradigan progressiv usullarni qoʻllamoqda.

Mamlakatimizdagi 50 ga yaqin tadbirkorlar buni chet elda koʻrib kelib, korxonasida joriy qilishni boshladi.

“Lekin, bu kam. Toʻqimachilik, qurilish materiali, elektrotexnika, mebel kabi drayver sohalardagi uyushmalar nega buni ommalashtirishni oʻylamaydi? Tadbirkorga tushuntirib, «diagnostika” xarajatining bir qismi qoplab berilsa, unumdorlik dasturlarini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit ajratsa boʻladiku!» – dedi Prezidentimiz.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil 100 ta korxonada samaradorlikni oshirish boʻyicha ilgʻor dasturlarni joriy qilish, bunga 30 million dollar grant jalb qilish topshirildi.