Norvegiyaning Oʻzbekistondagi elchisi tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Norvegiyaning Oʻzbekistondagi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

“Norvegiyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlangan Xelen Sand Andresen xonimning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz. Biz Oʻzbekiston va Norvegiya aloqalarida hali roʻyobga chiqmagan katta salohiyat koʻrmoqdamiz”, — deydi Saidov.

Shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri elchi xonimga mamlakatimizdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni ishga solishda muvaffaqiyatlar tilagan.