Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi boʻyicha rasman Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu markazning tashkil etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islom sivilizatsiyasining boy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilishga qaratilgan tashabbusi hisoblanadi.
Hazrati Imom majmuasi hududida joylashgan ushbu markazning maydoni — 10 gektar, binoning uzunligi — 161 metr, kengligi — 118 metr, gumbazning balandligi — 65 metr, xonalarning umumiy maydoni esa qariyb 50 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Aynan shu xususiyatlar jahon rekordiga asos boʻlgan.
Markazning Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani toʻgʻrisidagi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashi tomonidan tantanali ravishda topshirilgan.