Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serdjio Gor bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar Mar-a-Lago qarorgohida boʻlib oʻtdi. Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, uchrashuv iliq va konstruktiv ruhda kechgan.
Uchrashuvda, shuningdek, Tiffani Tramp va uning turmush oʻrtogʻi Maykl Bulos ham ishtirok etgan.
Xabar qilinishicha, yaqin kunlarda Vashington shahrida navbatdagi muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlarini muhokama qilishni davom ettiradi.