Oqdaryoda “Shinjon” usulida chigit ekish ishlari boshlandi

Oqdaryolik dehqonlar katta taraddud bilan 2026-yil hosili uchun chigit ekishga kirishdilar.

Joriy yil hosili uchun Oqdaryo tumanida 205 ta fermer xoʻjaligi tomonidan jami 4450 gektar yerga chigit ekiladi. Shundan 2040 gektariga gʻoʻzaning “Sulton” navi hamda 2410 gektar maydonga Xitoy davlatidan keltirilayotgan gʻoʻza navlari, shundan 1469 gektar yer maydonlariga “Shinjon” usulida chigit ekilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, tumanning Dahbed MMTP hududidagi “Madinabonu bogʻi” fermer xoʻjaligi hamda “Oqdaryo” MMTP hududidagi “Fatxulla Butanosh hosili” fermer xoʻjaligida Xitoy texnologiyasi “Shinjon” usuli asosida plyonka ostiga 76x10 sm oraliqda qoʻshqator chigit ekish hamda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish ishlari bajarilmoqda.