Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sanoatidagi eng muhim voqea – AgroWorld Uzbekistan!
AgroWorld Uzbekistan koʻrgazmasining ishtirokchilari zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi va ehtiyot qismlari, oʻsimlik, chorvachilik, parrandachilik, veterinariya, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, tashish va saqlash uchun uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlardir.
Markazning 1-, 2-pavilyonlari va 1-atrium zalida oʻtkaziladigan ushbu koʻrgazma “Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group” tomonidan tashkil etilmoqda.
Shu yil 25–27-mart kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKKda “Qishloq xoʻjaligi – AgroWorld Uzbekistan 2026” 21-xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.