50 nafar xotin-qizlar qulay ish joyiga ega boʻldilar

Marhamat tumanida “Rayyona Textil Group” tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yangi korxona ishga tushirilishi natijasida 50 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan taʼminlandilar. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

— Avvallari uyda oʻtirardim, baʼzan mavsumiy ishlarda ishlab turardim, — deydi tikuvchi Mahliyo Boʻronova. — Ushbu korxona ishga tushirilgach, doimiy ish joyimga ega boʻldim. Bunda tikuvchilik hunarini egallaganligim qoʻl keldi. Eng muhimi, bu yerda yaratilgan sharoitlar yaxshi, ishlashga barcha imkoniyatlar mavjud.

Bunday loyihalar hududda bandlikni taʼminlash, aholi daromadlarini oshirish hamda iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash orqali ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.