“Afrosiyob” yuqori tezlikdagi poyezdlari Toshkentdan Shahrisabzga qatnashni boshlaydi

27-martdan boshlab “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi poyezdlari Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovini boshlaydi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, poyezdlar juma, shanba va yakshanba kunlari harakatlanadi.

“Ushbu reyslar yoʻlovchilarga qulayliklar yaratish va hududlar oʻrtasidagi transport aloqasini yanada yaxshilash maqsadida tashkil etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Toshkent — Shahrisabz yoʻnalishida: Toshkentdan joʻnash vaqti — soat 06:33;

Shahrisabz — Toshkent yoʻnalishida: Shahrisabzdan joʻnash vaqti — soat 16:24.

    Chiptalarni rasmiy kassalardan va onlayn platformalar orqali xarid qilish mumkin.