“Uzbekistan Airways” BAA aviatsiya rasmiylarining xabarnomasiga muvofiq, ertaga, 19-martdan boshlab Toshkent – Dubay – Toshkent yoʻnalishidagi muntazam reyslarni tiklayotganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, avval bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari oʻz aviachiptalarini aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga bepul asosda qayta rasmiylashtirishlari mumkin.
Reyslar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):
• HY333 – Toshkent 07:15 — Dubay 11:00;
• HY334 – Dubay 12:30 — Toshkent 17:30.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida, mobil ilovasida, “Uzbekistan Airways Sales” filialida va aviakompaniya agentlarida xarid qilish mumkin.
Taʼkidlanishicha, mintaqadagi joriy vaziyat munosabati bilan, parvozlar barcha xavfsizlik talablari va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yangilangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilmoqda.