Aviakompaniya dispetcherlari uchun smenadan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtish talabi bekor qilindi

Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 1723-13, 2026-yil 6-mart).

Mazkur idoraviy hujjatda bilan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaga muvofiq havodagi harakatni boshqarish dispetcherlarining har kuni smenadan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtishi boʻyicha talab bekor qilinmoqda.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiya talablaridan kelib chiqib hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotganligi bois, bir qator qoidalar (masalan, bulutlarning quyi chegarasi balandligi minimumdan past boʻlmasa,oʻtish eshelonidan pasayishga ruxsat berilishi va boshqalar) chiqarib tashlanmoqda.

Jihozlanishiga koʻra, havo kemalari asosiy havo kemasi va qayta jihozlangan havo kemasiga ajratilmoqda.