Oʻzbekiston TIV Dubaydagi vatandoshlarni ogohlantirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BAA, xususan Dubay shahrida boʻlib turgan yurtdoshlarimizni ogohlantirdi.

Bildirilishicha, Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda BAAdagi diplomatik vakolatxonalarimiz fuqarolarimiz xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrmoqda.

Hozirda havo makonidan foydalanishdagi vaqtinchalik cheklovlar tufayli aviaqatnovlar toʻxtatilgan.

Fuqarolardan xavfsizlik nuqtayi nazaridan quyidagilarga qatʼiy rioya qilish soʻralgan:

  • Mahalliy qonun-qoidalar va rasmiy idoralar koʻrsatmalariga toʻliq amal qilish;
  • Zaruratsiz koʻchaga chiqmaslik va odamlar gavjum joylardan uzoqroq boʻlish;
  • Faqat rasmiy axborot manbalariga tayanish.

Favqulodda holatlarda tezkor aloqa uchun:

  • +971 55 986 9040;
  • +971 55 956 4110.