Oʻzbekistonliklar limon eksportidan 3,8 million dollar ishlab oldi

Koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 122,4 tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar sentyabr oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 3,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan 2 ming 282 tonna limon eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 122,4 tonnaga oshgan.

2025-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Rossiya – 1 ming 239 tonna;
  • Qozogʻiston – 930 tonna;
  • Qirgʻiz Respublikasi – 107 tonna;
  • BAA – 2,9 tonna;
  • Moʻgʻuliston – 1,8 tonna;
  • Boshqa davlatlar – 1,8 tonna.