Kasaba uyushmalari fidoyilari taqdirlandi

Tadbirda respublikamizning turli hududlaridan mehmonlar ishtirok etdi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
11.11.2025 14:27 O'zbekiston 1545 ipaknews.uz

Poytaxtimizdagi “Chinabad Plaza” sanatoriysida 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalari faxriylarini, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” mukofoti hamda “Ehtirom” nishoni sovrindorlarini, shuningdek, “Kasaba ishonchi” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.


Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Tadbirda respublikamizning turli hududlaridan mehmonlar ishtirok etdi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Tadbir davomida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov bir guruh faxriylarga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Faxriy Yorligʻi, qimmatbaho sovgʻa, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik koʻkrak nishoni hamda Kasaba uyushmalari tarixi kitobini topshirdi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Taqdirlanganlar orasida Dilbar Jahongirova, Mavjuda Xalilova, Shavkat Adilov, Ozoda Muhitdinova kabi bir guruh fidoyilar bor.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”